Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
AgroTech — qishloq xo'jaligi
SmartAgroAI — fermerlar, agronomlar va sun’iy intellektni yagona raqamli platformada birlashtiruvchi aqlli qishloq xo‘jaligi tizimi. Platformaning asosiy maqsadi fermerga ekin va dalalarini boshqarish, o‘simlik kasalliklarini rasm orqali dastlabki tahlil qilish, ob-havo ma’lumotlarini olish hamda agronom bilan tezkor muloqot qilish imkonini berishdir.
IT / Dasturiy ta'minot
AI Oqova Suv Xaritasi — GIS, IoT va sun'iy intellekt asosida oqova suv tarmoqlarini real vaqt rejimida monitoring qiladi, nosozlik va tiqilishlarni oldindan aniqlab, tezkor ogohlantirish beradi. Qaysi muammoni hal qiladi? Oqova suv tarmoqlarida avariyalar kech aniqlanishi oqibatida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlar, ekologik zarar va xizmatdagi uzilishlarni kamaytirib, resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi. Suv ta'minoti korxonalari, mahalliy hokimliklar, shirkat va BSK larga kerak
HuquqAI — O‘zbekistonning oddiy fuqarolari (ayniqsa qishloq aholisi) uchun yaratilgan sun’iy intellekt asosidagi mobil huquqiy yordamchi. Foydalanuvchi telefonidan oddiy o‘zbek tilida savol beradi — AI darhol tushunarli javob beradi, kerakli hujjatlarni avtomatik tayyorlaydi. Murakkab masalalarda esa tasdiqlangan advokatga ulaydi. Offline rejim va ovozli yordam bilan ishlaydi. Bu — adolatni har bir fuqaroning cho‘ntagiga olib boradigan platforma.
Mahsulot elektr energiyasini tejaydi ortiqcha energiyani sarflashning oldini oladi
Bu sun'iy intelekt yordamida bozor tahlilini qiladigan aqlli dastur. Bu dastur kichik va oʻrta biznes egalari uchun bozorni oʻrganish, tahlil qilish va toʻgʻri biznes qarorlarini qabul qilishda yordam beradi.
O'simliklarni tabiiy organik moddalar bilan boyitib beradi va oʻsimliklarni oʻsishi, rivojlanishini tezlashtirib beradi hosildorligini oshiradi goʻngdan tayyorlanadigan organik suyuqli oʻgʻit kompost choyi o'simliklarni suvga boʻlgan ehtiyojini kamaytirishga va qurgʻoqchilikka chidamliligini oshiradi.
Boshqa
Hassani stul vazivasida foydalana olamiz
Sanoat korxonalari, xususan, konserva va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining oqova suvlarini elektrokoagulyatsiya, filtrlash va mahalliy adsorbentlar yordamida tozalash hamda belgilangan sifat talablariga javob bergan suvni texnik maqsadlarda qayta foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion startapdir. Loyiha suv sarfini kamaytirish, ekologik ifloslanishni pasaytirish va korxonalarning operatsion xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan. IoT sensorlari orqali suv sifatini kuzatish ham ko‘zda tutilgan.
SafeVision AI qurilish maydonlarida xavfsizlikni sun’iy intellekt yordamida nazorat qiladi. Mavjud kuzatuv kameralaridan foydalanib, ishchilarning kaska va maxsus kiyim kiyishini tekshiradi hamda xavfli holatlarni aniqlashga yordam beradi. Tizim qoidabuzarlik aniqlanganda mas’ullarga xabar beradi.
VitaCandy-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida yaratilgan tabiiy shirinlik bo‘lib, qovoq va lavlagi kabi mahalliy, ekologik toza xom-ashyolar qayta ishlanib, zamonaviy texnologiyalar asosida jelly turidagi shirinliklar ishlab chiqariladi. Sun’iy qo‘shimchalrsiz, foydali va sog‘lom mahsulot sifatida bolalar, balki barcha yoshdagi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan. Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat yaratish, ortiqcha hosilni samarali qayta ishlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga hizmat qiladi. Shu bilan birga import o‘rnini bosuvchi mahsulot sifatida ichki bozorda sog‘lom raqobatni shakllantiradi.
Mevalarga shikast yetkazmasdan terib oladi
Silkroad AI, GameDev, XR texnologiyalar asosida Samarqand, O'zbekiston va Markaziy Osiyo hududlari madaniy merosini raqamlashtirish loyihasi
Qoramolchilik qishloq xo‘jaligining muhim va yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari — sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Sut yetishtirish samaradorligi asosan, qoramollarning to‘g‘ri parvarish qilinishi va to‘liq qimmatli oziqlantirilishiga bog‘liq. Shu sababli, qoramolchilikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yilning turli fasllarida qoramollarni oziqlantirish sharoitlari turlicha bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida tabiiy ko‘k ozuqalarning yetishmasligi sababli hayvonlarning oziqlanish ratsionida vitaminlar, mineral moddalar va biologik faol moddalar kamayib ketishi mumkin. Bu esa ularning fiziologik holati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sigirlarning sut mahsuldorligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qish mavsumida qoramolchilik fermalarini sifatli ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda gidropon usulda yetishtirilgan yashil ozuqalardan keng foydalanish mumkin. Ushbu ozuqalar hayvon organizmini zarur oziq moddalar bilan ta’minlab, sut mahsuldorligini barqaror saqlashga yordam beradi. Gidropon usulda yashil ozuqa yetishtirish – bu tuproqsiz sharoitda, suv yordamida o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasidir. Ushbu usul chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa bazasini mustahkamlash va yil davomida sifatli ozuqa bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun fermer va aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini joriy etish talab etilmoqda. Bu esa qish mavsumi uchun yetarli ozuqa zaxirasini tayyorlash, uni to‘g‘ri saqlash va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish. Bozor standartlariga mos kelmaydigan kartoshkalardan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish orqali bozorga yangi mahsulot olib kirish va kartoshka importini kamaytirish.
Universal harakatlanuvchi mini issiqxona — bu yil davomida turli xil o‘simliklar yetishtirish va mevalarni quritish uchun mo‘ljallangan, quyosh energiyasida ishlaydigan ko‘chma issiqxona. U aqlli sug‘orish, isitish va sovitish tizimlariga ega bo‘lib, uy xo‘jaliklariga qulaylik yaratadi, chiqindilarni kamaytiradi va qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
Ekologik toza va vitaminlarga boy meva sabzavotlardan muzqaymoq ishlab chiqarish
Ekologiya va yashil energiya
Omonat Box — “Yuksiz sayohat” — sayyohlarning chamadonlari va shaxsiy buyumlarini vaqtincha xavfsiz saqlashga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan bagaj saqlash xizmati. Loyiha doirasida temiryo‘l vokzallari, aeroportlar, turistik markazlar va sayyohlar gavjum hududlarda elektron qulflar bilan jihozlangan maxsus saqlash shkaflari o‘rnatiladi. Foydalanuvchilar bo‘sh bo‘limni tanlab, xizmat uchun to‘lov qiladi va QR-kod yoki maxsus kirish vositasi orqali yuklarini joylashtirib, keyinchalik qaytarib oladi. Omonat Box sayyohlarga yuk ko‘tarmasdan shaharni erkin aylanib chiqish, diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish va vaqtini samarali sarflash imkonini beradi. Dastlab loyiha Samarqand shahrida sinovdan o‘tkazilib, keyinchalik O‘zbekistonning boshqa turistik hududlariga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
qogʻozni arzon homashyodan olish.
Til oʻrgatadi, Darslarni AI miya tomonidan oldindan puxta malakali ustozlar tomonidan yozilgan, dasturdarlarni oʻrgatadi. Maxsuz darslar testlar bor ai dars oʻtadi, har bir oʻquvchini eslab qoladi, esdan chiqish hafini biladi, yosh oʻquvchilarni markaz yoki toʻgarak oʻqtuvchi oʻrgatayotgan fanlarni ota onalarga soda tilda, farzandi qay bosqichda nimalar oʻrgangani, yutuq va kamchiligini aytadi. Markaz, bogʻcha, maktab,talaba oʻqtuvchilarga moʻljanlangan. Hozir asosan bogʻcha bolalariga til oʻrgatish qismi qosman tayyor. 10 tilni oʻrgata oladi, gapirtirib sinaydi, dastur miyasi 3 tilda uz en va ru. gʻoyalar 70 80 foiz bajarilgan, endi maktab bolalariga ai darslar qilishga oʻtamiz. Ularga 1-11 testlar va tahlil, ota ona nazorati va togarak qilish bor. Hatoki oʻqtuvchilar ham chetta qolmagan ular hozir spdda ppt prezentatsiyalarni AI orqali qila olishadi, oʻzlarining muhim word, excel, pdf fayllarini kutubxonada saqlay olishadi va avdiyo gapini matin qilisha olishadi. Keyinchalik ular ochiq darlarini mavzu va metod yozish orqali tayor qilishi mumkin.
EdTech — ta'lim
Focus — talaba va o‘quvchilarning o‘qish unumdorligini hamda e’tiborini oshirishga qaratilgan innovatsion Android ilovadir. Dastur smartfondagi chalg‘ituvchi ilovalar (ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar)ni belgilangan vaqtga majburiy bloklaydi hamda GPS lokatsiyasi orqali ta’lim maskanlarida (o‘quv markazi, kutubxona, universitet) fokus rejimini avtomatik ishga tushiradi. To‘liq o‘zbek tilidagi qulay interfeys va vaqt sarfi bo‘yicha chuqur tahliliy statistika taqdim etish orqali foydalanuvchilarga o‘z vaqtini to‘g‘ri va samarali boshqarish imkonini beradi.
Sayt va ilova ko'rinishida bo'lib, talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqola va sertifikatlarini jamlovchi baza.
Texno Avlod yoshlarni zamonaviy kasblarga o'qitadi!
Bizning startap — nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (xususiy bog‘chalarda) real ta’lim sifatini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va tarbiyachilar faoliyatini adolatli rag'batlantirishga qaratilgan "Smart Bog'cha" kompleks raqamli platformasidir. Platforma ota-onalarga mobil ilova orqali farzandining bog‘cha hayotini xavfsiz jonli kameralar (Live-streaming) orqali masofadan kuzatib turish imkonini beradi. Tarbiyachilarga ortiqcha ish yuklamasi yoki qog'ozbozlik bo'lmasligi uchun, tizimda birgina "klik" orqali kunlik qisqa qaydlar yuritiladi, qolgan barcha tahliliy va bolaning individual qobiliyatlarini aniqlovchi "Intellektual portret" hisobotlarini Sun'iy Intellekt (AI) avtomatik shakllantiradi. Eng muhimi, platformada tarbiyachilarni va'zdonan ishlashga undovchi "Avtomatik Rag'bat va Motivatsiya" tizimi mavjud. Ota-onalar va tizim tomonidan yuqori reyting olgan tarbiyachilar xususiy bog'cha hisobidan oylik maoshining 15% dan 30% gacha miqdorida bonuslar, ota-onalarning to'g'ridan-to'g'ri plastik kartaga yuboriladigan ixtiyoriy moddiy minnatdorchiliklari (donat tizimi) hamda raqamli oltin portfolio (karyera o'sishi) bilan taqdirlanadi. Loyiha respublikadagi har qanday xususiy bog'chaga oson joriy etiluvchi universal andozadir.
Bizning startap — zich yashash massivlari va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ekologiya hamda ilm-fan atrofida birlashtiruvchi "Smart Eco Mahalla" ijtimoiy-ekologik platformasidir. Loyiha mahallalardagi har bir ko‘p qavatli uydan volontyorlar tarmog‘ini shakllantiradi va uylar o‘rtasida oylik tizimli chellenjlarni (Yashil yo‘laklar yaratish, yo‘lak kutubxonalari fondini yig‘ish, intellektual turnirlar) o‘yin (gamifikatsiya) uslubida tashkil etadi. Startapning o‘ziga xosligi — uylar o‘rtasida reyting tizimini joriy etish hamda aholi tomonidan yig‘ilgan plastik va makulatura chiqindilarini qayta ishlashga topshirish orqali loyihani o‘z-o‘zini moliyalashtirish (monetizatsiya) tizimiga o‘tkazishdir. To‘plangan mablag‘lar evaziga g‘olib uylar yo‘laklari uchun kamxarj, ammo foydali jihozlar (eko-qutilar, kitob javonlari, xona o‘simliklari) xarid qilinadi. Kelajakda ushbu tizimni to‘liq raqamlashtirib, har bir mahalla o‘z reytingini ko‘rib turadigan va volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan "Smart Mahalla" mobil ilovasini yaratishni maqsad qilganmiz.