
Sut yetishtirishda qoramolchilik fermalarini qish mavsumida ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash
AgroTech — qishloq xo'jaligiG'oya bosqichiSamarqand viloyati
- G'oya
- MVP
- Bozorda
- Kengaymoqda
Startap nima qiladi
Qoramolchilik qishloq xo‘jaligining muhim va yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari — sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Sut yetishtirish samaradorligi asosan, qoramollarning to‘g‘ri parvarish qilinishi va to‘liq qimmatli oziqlantirilishiga bog‘liq. Shu sababli, qoramolchilikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Yilning turli fasllarida qoramollarni oziqlantirish sharoitlari turlicha bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida tabiiy ko‘k ozuqalarning yetishmasligi sababli hayvonlarning oziqlanish ratsionida vitaminlar, mineral moddalar va biologik faol moddalar kamayib ketishi mumkin. Bu esa ularning fiziologik holati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sigirlarning sut mahsuldorligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qish mavsumida qoramolchilik fermalarini sifatli ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda gidropon usulda yetishtirilgan yashil ozuqalardan keng foydalanish mumkin. Ushbu ozuqalar hayvon organizmini zarur oziq moddalar bilan ta’minlab, sut mahsuldorligini barqaror saqlashga yordam beradi. Gidropon usulda yashil ozuqa yetishtirish – bu tuproqsiz sharoitda, suv yordamida o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasidir. Ushbu usul chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa bazasini mustahkamlash va yil davomida sifatli ozuqa bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun fermer va aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini joriy etish talab etilmoqda. Bu esa qish mavsumi uchun yetarli ozuqa zaxirasini tayyorlash, uni to‘g‘ri saqlash va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Hal qiladigan muammo
3. Yer va suv resurslarini tejaydi An’anaviy ozuqa yetishtirishga nisbatan gidropon tizim: • 80–90% kam suv sarflaydi, • 1 kg bug‘doy donidan 5 kg ko‘k massa olish imkonini beradi. • 1m2 yerda gidropon usulida undirilgan dondan 25 – 28 kg gaha ko‘k massa olish mumkin. Buning uchun atiga 7 – 8 kun yetarli bo‘ladi. Xuddi shu o‘lchamdagi maydonda 1 yilda 51 marta hosil yetishtirsa bo‘ladi. Bu 1275 – 1428 kg gacha ko‘k massa olish mumkin, deganidir. Ushbu ko‘rsatgich don va takroriy ekindan olinadigan pichan va silosga nisbatan 280 – 310 mataga ko‘p. Shuning uchun yer maydoni cheklangan fermer xo‘jaliklari uchun juda qulay.

