
"Smart bog'cha" AI platformasi
EdTech — ta'limG'oya bosqichiSamarqand viloyati
- G'oya
- MVP
- Bozorda
- Kengaymoqda
Startap nima qiladi
Bizning startap — nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (xususiy bog‘chalarda) real ta’lim sifatini oshirish, xavfsizlikni ta'minlash va tarbiyachilar faoliyatini adolatli rag'batlantirishga qaratilgan "Smart Bog'cha" kompleks raqamli platformasidir.
Platforma ota-onalarga mobil ilova orqali farzandining bog‘cha hayotini xavfsiz jonli kameralar (Live-streaming) orqali masofadan kuzatib turish imkonini beradi. Tarbiyachilarga ortiqcha ish yuklamasi yoki qog'ozbozlik bo'lmasligi uchun, tizimda birgina "klik" orqali kunlik qisqa qaydlar yuritiladi, qolgan barcha tahliliy va bolaning individual qobiliyatlarini aniqlovchi "Intellektual portret" hisobotlarini Sun'iy Intellekt (AI) avtomatik shakllantiradi.
Eng muhimi, platformada tarbiyachilarni va'zdonan ishlashga undovchi "Avtomatik Rag'bat va Motivatsiya" tizimi mavjud. Ota-onalar va tizim tomonidan yuqori reyting olgan tarbiyachilar xususiy bog'cha hisobidan oylik maoshining 15% dan 30% gacha miqdorida bonuslar, ota-onalarning to'g'ridan-to'g'ri plastik kartaga yuboriladigan ixtiyoriy moddiy minnatdorchiliklari (donat tizimi) hamda raqamli oltin portfolio (karyera o'sishi) bilan taqdirlanadi. Loyiha respublikadagi har qanday xususiy bog'chaga oson joriy etiluvchi universal andozadir.
Hal qiladigan muammo
Hozirgi kunda xususiy bog‘chalar soni ortib bormoqda, ammo ota-onalarda farzandining xavfsizligi va ta'lim siyfati bo'yicha kuchli xavotirlar mavjud, an'anaviy tizimlar shaffof emas. Boshqa tomondan, bog'chalardagi nazorat choralari ko'pincha tarbiyachilarga ortiqcha qog'ozbozlik yuklaydi va ularni doimiy stressga solib, vijdonan ishlash motivatsiyasini so'ndiradi. Bizning startapimiz ota-onalar uchun shaffof va real vaqtdagi kamera nazoratini ta'minlash bilan birga, tarbiyachilarni yuklamalardan xalos etadi. Tizim qattiq tazyiq o'rniga adolatli reyting va oylik maoshga qo'shiladigan moddiy rag'batlar (bonuslar) orqali tarbiyachilarning bolalarga majburlikdan emas, sidqidildan va mehr bilan ta'lim berishi muammosini hal qiladi.

