Startap nima qiladi
SafeVision AI qurilish maydonlarida xavfsizlikni sun’iy intellekt yordamida nazorat qiladi. Mavjud kuzatuv kameralaridan foydalanib, ishchilarning kaska va maxsus kiyim kiyishini tekshiradi hamda xavfli holatlarni aniqlashga yordam beradi. Tizim qoidabuzarlik aniqlanganda mas’ullarga xabar beradi.
Hal qiladigan muammo
Qurilish maydonlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va hodisalarni vaqtida aniqlamaslik jiddiy muammolardan biri. Oddiy nazoratda barcha jarayonlarni doimiy kuzatish qiyin. SafeVision AI bu jarayonni avtomatlashtirib, xavfli holatlarni tezroq aniqlash va baxtsiz hodisalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.


