
Eco -intellect challenge
Ekologiya va yashil energiyaG'oya bosqichiSamarqand viloyati
- G'oya
- MVP
- Bozorda
- Kengaymoqda
Startap nima qiladi
Bizning startap — zich yashash massivlari va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ekologiya hamda ilm-fan atrofida birlashtiruvchi "Eco-Intellect Challenge" ijtimoiy-ekologik platformasidir.
Loyiha mahallalardagi har bir ko‘p qavatli uydan volontyorlar tarmog‘ini shakllantiradi va uylar o‘rtasida oylik tizimli chellenjlarni (Yashil yo‘laklar yaratish, yo‘lak kutubxonalari fondini yig‘ish, intellektual turnirlar) o‘yin (gamifikatsiya) uslubida tashkil etadi.
Startapning o‘ziga xosligi — uylar o‘rtasida reyting tizimini joriy etish hamda aholi tomonidan yig‘ilgan plastik va makulatura chiqindilarini qayta ishlashga topshirish orqali loyihani o‘z-o‘zini moliyalashtirish (monetizatsiya) tizimiga o‘tkazishdir. To‘plangan mablag‘lar evaziga g‘olib uylar yo‘laklari uchun kamxarj, ammo foydali jihozlar (eko-qutilar, kitob javonlari, xona o‘simliklari) xarid qilinadi.
Kelajakda ushbu tizimni to‘liq raqamlashtirib, har bir mahalla o‘z reytingini ko‘rib turadigan va volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan "Smart Mahalla" mobil ilovasini yaratishni maqsad qilganmiz.
Hal qiladigan muammo
Zich joylashgan ko‘p qavatli uylar (massivlar) hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun ilmiy markazlar yoki kutubxonalar yetishmaydi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida yoshlarning ijtimoiy faolligi so‘nadi, yo‘laklarda (podyezdlarda) ekologik madaniyat va yashillik yetarli darajada emas. Hozirgi kunda bu muammo faqat an'anaviy ma'ruzalar yoki quruq treninglar bilan hal qilinyapti, ammo bu yoshlarni o‘ziga jalb eta olmayapti va amaliy natija bermayapti.

