Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
MVP tayyorBoshqa
Sanoat korxonalari, xususan, konserva va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining oqova suvlarini elektrokoagulyatsiya, filtrlash va mahalliy adsorbentlar yordamida tozalash hamda belgilangan sifat talablariga javob bergan suvni texnik maqsadlarda qayta foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion startapdir. Loyiha suv sarfini kamaytirish, ekologik ifloslanishni pasaytirish va korxonalarning operatsion xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan. IoT sensorlari orqali suv sifatini kuzatish ham ko‘zda tutilgan.