Startap nima qiladi
Sanoat korxonalari, xususan, konserva va oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarining oqova suvlarini elektrokoagulyatsiya, filtrlash va mahalliy adsorbentlar yordamida tozalash hamda belgilangan sifat talablariga javob bergan suvni texnik maqsadlarda qayta foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsion startapdir. Loyiha suv sarfini kamaytirish, ekologik ifloslanishni pasaytirish va korxonalarning operatsion xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan. IoT sensorlari orqali suv sifatini kuzatish ham ko‘zda tutilgan.
Hal qiladigan muammo
Sanoat korxonalarida oqova suvlarning yetarlicha tozalanmasligi, suv resurslarining isrof bo‘lishi va toza suv xarajatlarining yuqoriligi muammolarini hal qiladi. Loyiha oqova suvlarni elektrokoagulyatsiya va filtrlash orqali tozalab, sifat ko‘rsatkichlari mos kelgan suvni texnik maqsadlarda qayta ishlatishga yordam beradi. Natijada suv sarfi, ekologik zarar va korxonalarning operatsion xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yaratiladi.


