
VitaCandy
AgroTech — qishloq xo'jaligiMVP tayyorSamarqand viloyati
- G'oya
- MVP
- Bozorda
- Kengaymoqda
Startap nima qiladi
VitaCandy-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida yaratilgan tabiiy shirinlik bo‘lib, qovoq va lavlagi kabi mahalliy, ekologik toza xom-ashyolar qayta ishlanib, zamonaviy texnologiyalar asosida jelly turidagi shirinliklar ishlab chiqariladi. Sun’iy qo‘shimchalrsiz, foydali va sog‘lom mahsulot sifatida bolalar, balki barcha yoshdagi iste’molchilar uchun mo‘ljallangan. Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shimcha qiymat yaratish, ortiqcha hosilni samarali qayta ishlash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga hizmat qiladi. Shu bilan birga import o‘rnini bosuvchi mahsulot sifatida ichki bozorda sog‘lom raqobatni shakllantiradi.
Hal qiladigan muammo
Maxsulot 100% tabiiy bo‘lib, inson organizmi uchun zarur vitaminlarni o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Bugungi kunda bolalar orasida gelmintoz tez-tez uchrab turadi, vaqtida aniqlanmaydi, bolalarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga bolalarda animeya va vitaminlar yetishmasligi ham ko‘p uchraydi. Hamda bolalar orasida ko'paygan ovqatdan zaharlanishni oldini olish, bozorga tabbiy, sun'iy qoʻshimchalarsiz biomahsulotlarni olib kirish. Bunda qishloq xo'jaligida yetishtirilgan qovoq, sabzi, lavlagi va boshqa mahsulotlardan shirinlik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo'jaligi maxsulotlarining isrofini oldini olish, shu bilan birga import o'rnini bosuvchi turli xil kimyoviy qo'shimchalar qo'shilgan jelly kabi shirinliklar istemolini kamaytirish. Ushbu maxsulot bozorda yangi, chunki qovoqdan tayyorlangan konfetlar halicha mavjud emas.

