Startap nima qiladi
Focus — talaba va o‘quvchilarning o‘qish unumdorligini hamda e’tiborini oshirishga qaratilgan innovatsion Android ilovadir. Dastur smartfondagi chalg‘ituvchi ilovalar (ijtimoiy tarmoqlar, o‘yinlar)ni belgilangan vaqtga majburiy bloklaydi hamda GPS lokatsiyasi orqali ta’lim maskanlarida (o‘quv markazi, kutubxona, universitet) fokus rejimini avtomatik ishga tushiradi. To‘liq o‘zbek tilidagi qulay interfeys va vaqt sarfi bo‘yicha chuqur tahliliy statistika taqdim etish orqali foydalanuvchilarga o‘z vaqtini to‘g‘ri va samarali boshqarish imkonini beradi.
Hal qiladigan muammo
Bugungi kunda aksariyat talaba va o‘quvchilar dars qilish yoki imtihonga tayyorlanish jarayonida ijtimoiy tarmoqlar xabarnomalari hamda mobil o‘yinlarga surunkali ravishda chalg‘ib, qimmatli vaqtlarini behuda yo‘qotishmoqda. Ushbu raqamli qaramlik o‘z-o‘zini nazorat qilish va iroda yetishmasligiga olib kelmoqda. FocusUZ loyihasi inson omiliga tayanmagan holda, aqlli texnik cheklovlar va avtomatlashtirilgan GPS rejimlar vositasida dars vaqtida diqqatni to‘liq bir joyga jamlash hamda vaqtni behuda sarflash muammosini tugatadi.


