Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
Ekologiya va yashil energiya
Omonat Box — “Yuksiz sayohat” — sayyohlarning chamadonlari va shaxsiy buyumlarini vaqtincha xavfsiz saqlashga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan bagaj saqlash xizmati. Loyiha doirasida temiryo‘l vokzallari, aeroportlar, turistik markazlar va sayyohlar gavjum hududlarda elektron qulflar bilan jihozlangan maxsus saqlash shkaflari o‘rnatiladi. Foydalanuvchilar bo‘sh bo‘limni tanlab, xizmat uchun to‘lov qiladi va QR-kod yoki maxsus kirish vositasi orqali yuklarini joylashtirib, keyinchalik qaytarib oladi. Omonat Box sayyohlarga yuk ko‘tarmasdan shaharni erkin aylanib chiqish, diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish va vaqtini samarali sarflash imkonini beradi. Dastlab loyiha Samarqand shahrida sinovdan o‘tkazilib, keyinchalik O‘zbekistonning boshqa turistik hududlariga kengaytirilishi rejalashtirilgan.
qogʻozni arzon homashyodan olish.
Bizning startap — zich yashash massivlari va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ekologiya hamda ilm-fan atrofida birlashtiruvchi "Smart Eco Mahalla" ijtimoiy-ekologik platformasidir. Loyiha mahallalardagi har bir ko‘p qavatli uydan volontyorlar tarmog‘ini shakllantiradi va uylar o‘rtasida oylik tizimli chellenjlarni (Yashil yo‘laklar yaratish, yo‘lak kutubxonalari fondini yig‘ish, intellektual turnirlar) o‘yin (gamifikatsiya) uslubida tashkil etadi. Startapning o‘ziga xosligi — uylar o‘rtasida reyting tizimini joriy etish hamda aholi tomonidan yig‘ilgan plastik va makulatura chiqindilarini qayta ishlashga topshirish orqali loyihani o‘z-o‘zini moliyalashtirish (monetizatsiya) tizimiga o‘tkazishdir. To‘plangan mablag‘lar evaziga g‘olib uylar yo‘laklari uchun kamxarj, ammo foydali jihozlar (eko-qutilar, kitob javonlari, xona o‘simliklari) xarid qilinadi. Kelajakda ushbu tizimni to‘liq raqamlashtirib, har bir mahalla o‘z reytingini ko‘rib turadigan va volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiradigan "Smart Mahalla" mobil ilovasini yaratishni maqsad qilganmiz.
EcoSkim — bu shahar arıqlari va kanallaridagi plastik chiqindilarni avtomatik ravishda tozalaydigan kichik, suzuvchi qurilma. Kimga kerak: Shahar obodonlashtirish xizmatlari, ekologiya tashkilotlari va shahar aholisiga. Qanday ishlaydi: Qurilma suv yuzida suzib yuradi. Motor bilan aylanadigan maxsus lenta suv yuzidagi plastik idishlar hamda paketlarni ilib oladi va orqasidagi idishga yig'adi. Bu qurilma inson mehnatisiz, 24 soat davomida arıqlarni toza tutishga yordam beradi.