Startap nima qiladi
Gulnora AI — O‘zbekistonga kelayotgan turistlar uchun sun'iy intellektga asoslangan aqlli gid va shaxsiy turizm yordamchisi. Ilova 24/7 rejimida har bir turistning o‘z tilida interaktiv muloqot qiladi, savollarga javob beradi va shaxsiy marshrutlar tuzadi. Foydalanuvchilar obidalar va mehmonxonalardagi QR-kodlar orqali ulanadi.
Hal qiladigan muammo
Turistlar jonli gidlar va oddiy ilovalardan foydalanadi, lekin bu usullarda muammolar bor: jonli gidlar qimmat, tili chegaralangan va ularni topish murakkab; oddiy ilovalar esa statik bo‘lib, interaktiv muloqot va shaxsiy moslashuv bermaydi. Gulnora AI 24/7 ishlaydigan, arzon va turistning o‘z tilida interaktiv javob beruvchi aqlli AI gid orqali bu muammoni hal qiladi.


