Samarqand StartUplar ofisida navbatdagi Pitch Day!
Har bir loyiha jamoasi diqqat bilan tinglanib, ularning imkoniyatlari, rivojlanish istiqbollari va mavjud takliflari atroflicha muhokama qilindi.
BBoburjon Astanov

Samarqand StartUplar ofisida navbatdagi Pitch Day bo‘lib o‘tdi. Unda TestMakon, Exambridge, Focus, Imkon Plus, Univer OS, Findo, City Jam hamda boshqa istiqbolli startap loyihalari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Har bir loyiha jamoasi diqqat bilan tinglanib, ularning imkoniyatlari, rivojlanish istiqbollari va mavjud takliflari atroflicha muhokama qilindi.
Pitch Day yakunida loyihalarni rivojlantirish, investitsiyaga tayyorlash, bozorga olib chiqish hamda kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar va individual startap strategiyalari belgilab olindi.
Bizning maqsadimiz — shunchaki g‘oyalarni tinglash emas, balki ularni real biznesga va muvaffaqiyatli startaplarga aylantirish!
Samarqandda startaplar ekotizimi rivojlanishda davom etadi! 🚀

