«Innoweek-2026»: Samarqand viloyati innovatsiyalar markazida!
Toshkent shahrida 27–29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan nufuzli innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida Samarqand viloyati o‘zining salmoqli ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan faol ishtirok etmoqda.
SSamarqand StartUplar Ofisi

«Innoweek-2026»: Samarqand viloyati innovatsiyalar markazida!
Toshkent shahrida 27–29-oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan nufuzli innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida Samarqand viloyati o‘zining salmoqli ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada viloyatning ikki yetakchi innovatsion hududi — Urgut hamda Nurobod tumanlari tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatbardosh mahsulotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilmoqda:
Urgut innovatsion tumani: 8 ta loyiha va mahsulot;
Nurobod innovatsion tumani: 6 ta turdagi mahsulot.
Ahamiyatlisi, ko‘rgazma pavilonida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari olimlari hamda professor-o‘qituvchilarining ilg‘or ilmiy ishlanmalari ham alohida o‘rin egallagan.
Hududning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yosh ixtirochilari tomonidan yaratilgan 28 ta innovatsion ishlanma ko‘rgazma maydonida alohida ekspozitsiya sifatida taqdim etilmoqda.

