Bugungi kunda yoshlarning bilimli, keng dunyoqarashli, ma’naviy yetuk va raqobatbardosh bo‘lib voyaga yetishida kitobxonlikning o‘rni beqiyosdir. Kitob o‘qish yoshlarning mustaqil fikrlashi, nutq madaniyati, dunyoqarashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shu munosabat bilan Adas MFY hududida yoshlar, maktab o‘quvchilari, talabalar hamda boshqa aholi vakillari foydalanishi uchun qulay va zamonaviy kutubxona tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kutilayotgan natija
Adas MFY hududida kutubxona tashkil etilishi natijasida yoshlar va aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyati rivojlanadi, ularning bilim saviyasi, dunyoqarashi va ma’naviy salohiyati yuksaladi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mustaqil ta’lim olish, chet tillarini o‘rganish hamda turli tanlov va imtihonlarga tayyorlanish imkoniyatlari kengayadi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” va “Zukko kitobxon” kabi tanlovlarni tashkil etish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirishga erishiladi. Natijada mahallada ma’rifatli, bilimli, tashabbuskor va kitobsevar yoshlar safi kengayib, sog‘lom ma’naviy muhit mustahkamlanadi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

