Muammo nimada: Bugungi kunda Qorasuv massivida aholi soni juda tez sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda. Biroq hududda yoshlar va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, mutolaa qilishi hamda bilim olishi uchun birorta ham zamonaviy axborot-kutubxona markazi mavjud emas. Yoshlar kitob o‘qish yoki dars qilish uchun shahar markaziga borishga majbur bo‘lmoqda.
Qanday yechim taklif qilinadi: Qorasuv massivining o‘zida barcha qulayliklarga ega, shinam va zamonaviy kutubxona (ehtiyojga qarab elektron kutubxona va kovorking hududi bilan birga) tashkil etish. Bu maskan nafaqat kitob o‘qish joyi, balki yoshlar uchun intellektual uchrashuvlar markaziga aylanadi.
Kutilayotgan natija
Massivdagi minglab yoshlar va aholi vakillari uylariga yaqin hududda sifatli kitob fondi hamda qulay sharoitlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aholi o‘rtasida kitobxonlik darajasi yuksaladi, yoshlarning bo‘sh vaqti foydali ilmga yo‘naltiriladi va shahar markaziga transport qatnovi ehtiyoji kamayadi.
Takliflar3
Kutubxona bo'lishi yoshlar uchun ayni muddao
Yaxshi bo'ladi kutubxona kerak
Samarqand shahridagi Qorasuv hududiga zamonaviy kutubxona kerak

