Saxoba MFYga qarashli Tutli qishlogʻidagi markaziy koʻchalarda piyodalar yoʻlakchasi (trotuar) mavjud emasligi sababli fuqarolar va maktab oʻquvchilari qatnov qismida harakatlanishga majbur boʻlmoqda. Ayniqsa, yogʻingarchilik kunlarida yoʻl cheti loy boʻlib, aholi harakatlanishiga va transport xavfsizligiga katta qiyinchilik tugʻdirmoqda.
Yechim Qishloqning asosiy koʻchalari boʻylab piyodalar yoʻlakchalarini qurish, tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish hamda yoʻl chetlarini obodonlashtirish taklif etiladi
Kutilayotgan natija
Piyodalar, ayniqsa maktab oʻquvchilari va keksalarning yoʻllarda xavfsiz harakatlanishi taʼminlanadi. Yoʻl-transpart hodisalarining oldi olinadi hamda qishloq infratuzilmasi yaxshilanadi. Ushbu loyiha 1 000 dan ortiq maxalliy aholi uchun qulaylik yaratadi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

