Tashkilot va boshqarmalarda mavjud ko‘plab real muammolar innovatsion yechimlar uchun ochiq challenge sifatida e’lon qilinmayapti.
Yoshlar va startapchilarda ko‘plab g‘oyalar mavjud, biroq ularni real muammolar bilan bog‘lash mexanizmi yetarli emas.
Ko‘plab startaplar g‘oya yoki MVP bosqichida qolib ketib, real tashkilotda sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmayapti.
Tashkilotlar esa o‘z muammolarini hal qilish uchun mavjud startap va innovatsion imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayapti.
Startap, davlat tashkiloti va investor o‘rtasida “muammo → yechim → pilot → investitsiya” zanjiri to‘liq shakllanmagan.
Kutilayotgan natija
Har bir tashkilot o‘z sohasidagi real muammolarni Startup Challenge sifatida e’lon qiladi. Yoshlar, startapchilar va innovatorlar ushbu muammolarga amaliy innovatsion yechimlar taklif qiladi. Eng yaxshi loyihalar tashkilotlarda pilot tarzida sinovdan o‘tkaziladi. Samarali yechimlar davlat tashkilotlari tomonidan buyurtma, hamkorlik yoki xizmat sifatida joriy etiladi. Istiqbolli startaplar grant, investitsiya va boshqa moliyaviy mexanizmlarga yo‘naltiriladi. Har bir tashkilot o‘zining Startup Clubiga, har bir muammo esa o‘zining Startup Challengeiga ega bo‘ladi. Samarqandda real muammolar asosida shakllanadigan doimiy startup oqimi yaratiladi. 🎯 Asosiy formula MUAMMO → CHALLENGE → STARTUP → PILOT → NATIJA → INVESTITSIYA → MASSHTABLASH
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

