Bugungi kunda ko‘plab yoshlar ingliz tilini o‘rganishni xohlaydi, ammo ayrim oilalarning moddiy imkoniyati pulli kurslarga qatnashishga yetmaydi. Natijada yoshlar o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirish imkoniyatidan chetda qolishi mumkin.
Men ushbu muammoni hal qilish uchun mahallamizdagi maktab o‘quvchilari va ingliz tilini o‘rganishga qiziqqan yoshlar uchun bepul mashg‘ulotlar tashkil etishni taklif qilaman. Darslarda kundalik suhbat, yangi so‘zlar, grammatika va qiziqarli o‘yinlar orqali ingliz tilini o‘rgatish mumkin.
Loyihadan asosiy maqsad — yoshlarning bilimini oshirish, ularning kelajakdagi ta’lim va ish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahallamizda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish.
Kutilayotgan natija
Kutilayotgan natija Loyiha natijasida mahallamizdagi bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, ular ingliz tilini o‘rganish va kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bolalarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilib, qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyati kengayadi. Eng muhimi, har bir bolaning o‘z qobiliyatini namoyon etishi va kelajakka ishonch bilan intilishi uchun qulay muhit yaratiladi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

