Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
G'oya bosqichiAgroTech — qishloq xo'jaligi
Qoramolchilik qishloq xo‘jaligining muhim va yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari — sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Sut yetishtirish samaradorligi asosan, qoramollarning to‘g‘ri parvarish qilinishi va to‘liq qimmatli oziqlantirilishiga bog‘liq. Shu sababli, qoramolchilikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Yilning turli fasllarida qoramollarni oziqlantirish sharoitlari turlicha bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida tabiiy ko‘k ozuqalarning yetishmasligi sababli hayvonlarning oziqlanish ratsionida vitaminlar, mineral moddalar va biologik faol moddalar kamayib ketishi mumkin. Bu esa ularning fiziologik holati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sigirlarning sut mahsuldorligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qish mavsumida qoramolchilik fermalarini sifatli ko‘k ozuqalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadda gidropon usulda yetishtirilgan yashil ozuqalardan keng foydalanish mumkin. Ushbu ozuqalar hayvon organizmini zarur oziq moddalar bilan ta’minlab, sut mahsuldorligini barqaror saqlashga yordam beradi. Gidropon usulda yashil ozuqa yetishtirish – bu tuproqsiz sharoitda, suv yordamida o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasidir. Ushbu usul chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa bazasini mustahkamlash va yil davomida sifatli ozuqa bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish va sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun fermer va aholi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida ilmiy asoslangan oziqlantirish tizimini joriy etish talab etilmoqda. Bu esa qish mavsumi uchun yetarli ozuqa zaxirasini tayyorlash, uni to‘g‘ri saqlash va samarali foydalanishni taqozo etadi.