Startap nima qiladi
Med1.uz — sun'iy intellekt (AI) texnologiyalariga asoslangan, tibbiy diagnostika, telemeditsina va klinikalarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtiruvchi yagona ekotizim platformasi.
Hal qiladigan muammo
Hududlarda sifatli va tezkor birlamchi tibbiy diagnostikaga erishish cheklanganligi, shifokorlar ish jarayonida vaqtni ko'p yo'qotishi hamda tibbiy ma'lumotlarni raqamlashtirish va tahlil qilish tizimining tarqoqligi. Med1.uz sun'iy intellekt modullari orqali xatoliklarni kamaytiradi, tahlillarni tezlashtiradi va tibbiy xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.


