Yoshlar Ventures - AWS Activate rasmiy hamkori!
🤝 Yoshlar Ventures AWS Activate dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi va UzCombinator startaplari endi $10000 AWS kredit olishi mumkin. Kredit 2 yil davomida amal qiladi.
SSamarqand StartUplar Ofisi

Yoshlar Ventures - AWS Activate rasmiy hamkori!
🤝 Yoshlar Ventures AWS Activate dasturiga hamkor sifatida qabul qilindi. Bu degani portfelimizdagi va UzCombinator startaplari endi $10000 AWS kredit olishi mumkin. Kredit 2 yil davomida amal qiladi.
☁️ AWS - dunyodagi eng yirik bulut platformasi. Kredit hisobiga mahsulotingizni serverda joylashtirish, GPU quvvatidan foydalanish va Amazon Bedrock orqali AI modellarni ulash mumkin. Bulut xarajati kamayib, runway uzoqroqqa yetadi. Bundan tashqari, Airtable, Carta, DocSend, HubSpot kabi vositalarda $800.000 gacha chegirmalar ham mavjud.
✅ Shartlar juda oddiy:
• Series B'gacha bosqichdagi startap bo'lish;
• Veb-sayt yoki profilga ega bo'lish;
• Kompaniya so'nggi 10 yil ichida tashkil etilgan bo'lishi.
⚡️ Startap uchun sarmoya muhim, lekin shuning o'zi yetmaydi. Shuning uchun biz asoschilarga investitsiya bilan birga kuchli texnologiya, xarajatni tejash imkoniyati va o'sish uchun kerakli barcha vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqdamiz.
⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz! (https://yoshlarventures.uz/uz/)

