🎉 XUSHXABAR! 🌱 “Eco Tower” loyihasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi!
Ekologik yo‘nalishdagi “Eco Tower” loyihasi Fransiyaning “Vision du Monde” korxonasi tomonidan moliyalashtirilgan ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etdi.
SSamarqand StartUplar Ofisi

🌱 “Eco Tower” loyihasi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi!
Ekologik yo‘nalishdagi “Eco Tower” loyihasi Fransiyaning “Vision du Monde” korxonasi tomonidan moliyalashtirilgan ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etdi.
🔬 Mazkur loyiha zamonaviy va amaliy yechimlarga asoslangan bo‘lib, ekologiya sohasida ilmiy o‘ziga xosligi, innovatsion yondashuvi va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi.
🏆 Loyihani ishlab chiqishdagi faol ishtiroki, ilmiy-innovatsion yondashuvi va amaliy hissasi uchun Fazliyev Salohiddin Shavkatovich “TREKKER” avtomobili bilan taqdirlandi! 🚙🎉
🌍 Bu natija yoshlarning ekologik muammolarga innovatsion yechimlar taklif qila olishi va xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.
👏 Salohiddin Shavkatovichni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

