SAMARQANDDA YANA BIR PITCH DAY: ISTIQBOLLI STARTAPLAR SARI YANGI QADAM!
Samarqand StartUplar Ofisi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida viloyatning istiqbolli startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
SSamarqand StartUplar Ofisi

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi Investitsiya loyiha ofisi bosh mutaxassisi Sanjar Jumaev, Raqamli ta’limni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Jaloliddin Isroilov hamda Samarqand StartUplar Ofisi koordinatori Bobur Astanov ishtirok etdi.
💡 Pitch Day davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, yangi texnologik yechimlari va istiqbolli startap loyihalari ko‘rib chiqildi. Loyihalarni yanada rivojlantirish, mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🌱 Har bir katta natija bir g‘oyadan boshlanadi! Samarqand StartUplar Ofisi yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, istiqbolli loyihalarni rivojlantirish va ularni yangi imkoniyatlar bilan bog‘lashda davom etadi.
#PitchDay #SamarqandStartUplarOfisi #Startaplar #Innovatsiya #RaqamliTexnologiyalar

