O‘zbekistonda turistik startaplar uchun 1 mlrd so‘mgacha subsidiya ajratiladi!!!!
Yangi tartibga ko‘ra, har yili eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya olishi mumkin. Bunda bitta loyiha uchun to‘lov miqdori 1 mlrd so‘mdan oshmaydi.
SSamarqand StartUplar Ofisi

O‘zbekistonda yangi turizm xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 443-son qarorida belgilangan.
Yangi tartibga ko‘ra, har yili eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha xarajatlarining 50 foizigacha subsidiya olishi mumkin. Bunda bitta loyiha uchun to‘lov miqdori 1 mlrd so‘mdan oshmaydi.
Subsidiya olish uchun talabgor kompaniyada soliq qarzdorligi bo‘lmasligi, u bankrotlik yoki tugatish jarayonida bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, loyiha biznes-rejasi suhbat davomida taqdim etiladi. Komissiya loyihaning moliyalashtirishga muvofiqligini, jumladan, uning yangiligi va turistlar uchun dolzarbligini baholaydi.
Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshiriladi. Xarajatlarning bir qismini Turizm qo‘mitasi qoplaydi.

