Hozirgi kunda O‘zbekistonda, jumladan Samarqand viloyatida ham dorivor o‘simliklar (xususan, solodka/bo‘yon) asosan xom ashyo yoki oddiy quritilgan holda arzon narxlarda eksport qilinmoqda. An'anaviy quritish va qayta ishlash usullarida biologik faol moddalarning (glycyrrhizin kislotasining) 30–40% qismi parchalanib ketadi. Farmatsevtika sanoati esa yuqori tozalikdagi, darhol eruvchan va xalqaro GMP standartlariga javob beradigan tayyor farmatsevtik "субстанциялар"gа (API) muhtoj. Oddiy quritish usullari bu talabni qondira olmaydi.
Loyiha doirasida Samarqand sharoitida yetishtiriladigan yoki yig‘iladigan solodka ildizi ekstraktini liofilizatsiya (sublimatsion quritish) texnologiyasi yordamida qayta ishlashning ilmiy-texnologik reglamentini ishlab chiqish va dastlabki MVP (prototip) namunasini yaratish taklif etiladi. Shokli muzlatish (-40°C) va vakuumda suvsizlantirish jarayoni orqali biologik faol komponentlar 95–98% gacha to‘liq saqlanib qolinadi. Bu xomashyo narxini bir necha barobar oshirib, mahalliy farmatsevtika korxonalarini (Jurabek Laboratories va boshqalar) yuqori sifatli substansiya bilan ta'minlaydi.
Kutilayotgan natija
Iqtisodiy samaradorlik: Xom ashyo eksportidan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor farmatsevtika mahsuloti (API) eksportiga o‘tish, valyuta tushumini keskin oshiradi. Import o‘rnini bosish: Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari chetdan keltiriladigan qimmat substansiyalar o‘rnini bosuvchi sifatli mahalliy xomashyo bilan ta'minlanadi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

