Bog'chada yoki maktab boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida tabiatga, atrof muhitga, hayvonlarga va tozalikka nisbatan extiyotkorona munosabatda bo'lishi haqida tushuncha va boshlang'ich ko'nikmalar berib borilishi lozim. Hatto alohida fan va amaliyot sifatida. Tozalikda gap katta. Muqaddas Islom dinimiz ham Tozalik va poklik ustida quzilgan. Bunday ta'lim ilk marotaba Yaponiyada tadbiq etilgan. Hozirda buni natijasini barchamiz ko'rib kelmoqdamiz. Markaziy Osiyoda iqlimning keskin o'zgarishi va suv resurslarining borgan sari kamayishi haqida va ularni oldini olish borasida ko'plab so'zlaymiz. Bu borada jamiyatning ma'lum bir toifasi yoki qismi qarshi kurashgani bilan muammolar xal bo'lib qolmaydi. Yuqoridagi muammolar uzoq vaqt davomida shakllanib kelgan. Demak uning yechimi ham uzoq davrni va keng qamrovni talab etadi. Aholining barcha qatlamlarini muammolarni xal qilishga jalb qilishimiz uchun avvalo yosh avlodga ta'lim va yo‘lanishlarni to'g'ri berishimiz lozim. Yosh avlodning ongiga tabiatga, jamiyatga, ekalogiyaga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantira olsak demak biz bu borada tizimni yaratgan bo'lamiz.
Kutilayotgan natija
Yoshlar ongida yuqoridagi ta'lim va ko‘nikmalar asosida ongida ijobiy muhitni shakllantira olsak biz bu borada alohida bir tizimni shakllantirgan bo'lamiz. Ular ulg'ayadi, ular bilan qo'shilib ularning uka singillari ulg'ayadi, atrof-muhitda chiqindilar kamayadi, Suvni tejash haqida tushuncha oshadi, hayvonlarga nisbatan extiyotkorona munosabat shakllanadi, Insonlar orasida isrofgarchilikka chek qo'yiladi. Inson va tabiat o'rtasida hamohanglik va bog'liklik oshadi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

