“Yoshlar uchun sport, bolalar uchun quvonch”
0 / 512 piksel
Mahalla hududidagi bo‘sh maydonda bolalar maydonchasini tashkil etish, unga tutash hududda esa sport maydonchasini barpo etish taklif etiladi. Bu orqali bolalarning maroqli va xavfsiz hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, farzandlarini o‘ynash uchun maydonchaga olib kelgan ota-onalar ham yonma-yon joylashgan sport maydonchasida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Natijada, ota-onalar va bolalar uchun bir hududning o‘zida dam olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Kutilayotgan natija
Bolalar va ota-onalar uchun qulay sharoit yaratiladi, bolalar mazmunli vaqt o‘tkazadi, ota-onalar esa sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarziga amal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

