Mohir pazanda ayollar farovon oila sari
0 / 288 inson
Toyloq tumani Katta Ravot mahallasida istiqomat qiluvchi, hozirda doimiy ish bilan band bo‘lmagan, uy sharoitida kasb-hunar o‘rganish va daromad topish istagidagi xotin-qizlar uchun bepul pazandachilik va qandolatchilik o‘quv kurslarini tashkil etish taklif etiladi.
Loyiha doirasida haftasiga 3 marotaba amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga turli xil pishiriqlar, tort, pechenye, milliy shirinliklar hamda zamonaviy qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash sirlari o‘rgatiladi.
Kutilayotgan natija
Loyiha natijasida xotin-qizlar yangi kasb egallaydi, o‘z uyida kichik tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oilalarning qo‘shimcha daromad manbalari shakllanib, mahallada ishsizlikni qisqartirishga hissa qo‘shiladi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

