Muammo: Universitet va talabalar yotoqxonalarida kundalik hayotda resurslar (qog‘oz, suv, elektr energiyasi) ko‘p hollarda behuda sarflanadi. Talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va ularni tabiatni asrashga qiziqtirish uchun amaliy, qiziqarli rag‘batlantiruvchi tizim mavjud emas. An'anaviy ekologik aksiyalar esa vaqti-vaqti bilan o'tkazilib, doimiy tus olmaydi. Yechim (Qanday hal qilinadi): "Eco-Step" platformasi orqali har bir talaba o‘zining kundalik eko-harakatlarini qayd etib boradi. Masalan: Plastik va qog‘oz chiqindilarni maxsus yig‘ish punktiga topshirish. Yotoqxonada yoki o‘quv binosida elektr/suv tejamkorligiga rioya qilish. Universitet ichidagi eko-tadbirlar va tozalash aksiyalarida faol qatnashish. Platforma bu harakatlarni avtomatik hisoblab, talabaga maxsus Eco-Coin (ballar) taqdim etadi. To‘plangan ballarni universitet oshxonasida chegirmalar, kitob do‘konlari uchun vaucherlar yoki yotoqxona to‘lovlariga bonuslarga almashtirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, fakultetlar va kurslar o‘rtasida doimiy "Eng toza xona" yoki "Eng faol eko-talaba" reytinglari yuritiladi. Kimga tegishli va qanday foyda beradi: Loyoya yoshlar yetakchilari, universitet ma’muriyati va ekologiya bo‘limlari uchun juda qo‘l keladi. U yotoqxonalar va kampuslarni toza saqlashga, yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni hamda tejamkorlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kutilayotgan natija
Talaba yoshlar va yotoqxonada yashovchilar o‘rtasida ekologik madaniyat va tejamkorlik 30-40% ga oshadi. Kampus va yotoqxonalar hududida chiqindilar miqdori kamayib, resurslardan (suv, elektr, qog‘oz) oqilona foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Dastlabki bosqichda 5 000 nafardan ortiq talabani qamrab olib, ularga rag‘batlantiruvchi tizim orqali amaliy foyda keltiriladi. Shuningdek, yoshlar orasida raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy-foydali tashabbuslarni amalga oshirish muhiti shakllanadi.
Takliflar0
Hozircha taklif yo'q — birinchi bo'ling.

