Yosh startupperlarning loyihalari — qaysi bosqichda, jamoasi qancha va qancha investitsiya kerak. Investor, mentor yoki hamkor bo'lsangiz, to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
AgroTech — qishloq xo'jaligi
SmartAgroAI — fermerlar, agronomlar va sun’iy intellektni yagona raqamli platformada birlashtiruvchi aqlli qishloq xo‘jaligi tizimi. Platformaning asosiy maqsadi fermerga ekin va dalalarini boshqarish, o‘simlik kasalliklarini rasm orqali dastlabki tahlil qilish, ob-havo ma’lumotlarini olish hamda agronom bilan tezkor muloqot qilish imkonini berishdir.