Startap nima qiladi
QuizGo — o‘rgangan bilimlarni uzoq muddat eslab qolishga yordam beradigan ta’lim ilovasi. Hozir unda savol-javob kartochkalari
— flashcardlar orqali o‘rganish mumkin. Tizim javoblaringizga qarab, qiynalgan ma’lumotlaringizni tezroq, yaxshi
bilganlaringizni esa uzoqroq oraliqda takrorlashga beradi. Masalan, inglizcha so‘zlar, tarixiy sanalar yoki biologiya
atamalarini o‘rganishda foydalanish mumkin. Maqsadimiz — flashcardlar bilan cheklanmay, mustaqil o‘rganishga yordam beradigan
platformaga aylanish.
Hal qiladigan muammo
Bugun yodlagan so‘zingizni bir haftadan keyin eslay olmayapsizmi? Ko‘pincha muammo o‘qimaganlikda emas, qachon va nimani takrorlashni bilmaslikda. QuizGo shu takrorlashni tartibga soladi: masalan, o‘rgangan 100 ta inglizcha so‘zingizning barchasini har kuni qayta o‘qish o‘rniga, tizim belgilagan so‘zlarni mashq qilasiz. Bu yondashuv vaqtni tejashga, qiyin mavzularga ko‘proq e’tibor berishga va bilimni faqat imtihongacha emas, uzoqroq saqlashga yordam beradi.

