Startap nima qiladi
IELTS Buddy - Telegram ichida ishlaydigan IELTS Speaking mashq platformasi (bot va mini ilova). O'quvchi jonli AI imtihonchi bilan ovozli suhbat orqali mashq qiladi: to'liq mock test (Part 1-3), 4 rasmiy mezon bo'yicha taxminiy band, xatolarni o'zbekcha izoh bilan tuzatish, temp, pauza va "umm"larni sanash.
Qo'shimcha imkoniyatlar: rolli suhbatlar, 3 ta AI ovozli seminar, boshqa o'quvchi bilan jonli qo'ng'iroq va AI murabbiy, lug'at va kunlik darslar. Ilovani yuklab olish shart emas, o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Biznes model: birinchi 100 token bepul (3 ta mock test), keyin Premium obuna oyiga 24 500 so'm yoki Telegram Stars orqali.
Hal qiladigan muammo
IELTS'da Speaking eng qiyin bo'lim: uni faqat gapirib o'rganish mumkin, lekin gaplashadigan odam yo'q. Repetitor qimmat (oyiga 500 ming - 1,5 mln so'm), oflayn mock test 200-400 ming so'm turadi va kam topshiriladi, mavjud botlarning ko'pchiligi esa jonli suhbat emas, ovozli xabar yozib olish formatida ishlaydi. Natijada o'quvchi imtihonda birinchi marta jonli examiner bilan yuzma-yuz keladi va hayajondan bilganini ayta olmaydi. IELTS Buddy haqiqiy imtihonga o'xshash jonli suhbatni har kuni, istalgan vaqtda va arzon narxda beradi, har javobdan keyin aniq fikr-mulohaza bilan.


