“YURT RAVNAQI — BIRLIKDA” VIDEOROLIKLAR TANLOVIGA MARHAMAT!
🤝 Birlik bor joyda — yuksalish bor!
16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Samarqand shahar hokimligi, Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi hamkorligida “Yurt ravnaqi — birlikda” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!
🎯 Tanlovning maqsadi — yurtimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini keng targ‘ib qilish, o‘zaro hurmat va birdamlik g‘oyalarini jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish.
🎬 TANLOV 2 TA YO‘NALISHDA O‘TKAZILADI:
✅ 1. “Eng yaxshi ijodiy videorolik”
✅ 2. “Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan eng yaxshi videorolik”
🏆 G‘OLIBLAR UCHUN PUL MUKOFOTLARI:
🥇 I o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 II o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 III o‘rin — 2 000 000 so‘m
Mukofotlar har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida beriladi.
📌 ISHTIROK ETISH SHARTLARI:
▪️ Videoroliklar bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini aks ettirishi lozim.
▪️ Videorolik davomiyligi 1–3 daqiqa (100MB)gacha bo‘lishi tavsiya etiladi.
Sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan ishlar alohida yo‘nalishda qabul qilinadi.
⏳ MUHIM!
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 12-noyabrga qadar qabul qilinadi.
📩 Ijodiy ishlarni yuborish uchun: @Manaviyatmarifat24
📌 Tashkiliy qo‘mita: Samarqand shahar hokimligi (13-xona) hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi.
✨ O‘z ijodingiz orqali bag‘rikenglik, do‘stlik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib qiling! Tanlovda ishtirok eting va pul mukofotlaridan birini qo‘lga kiriting!
Yurt ravnaqi — birlikda, kuchimiz — hamjihatlikda!
Ishtirok etmoqchimisiz?
Shartlar bilan tanishing va «Murojaat qilish» tugmasi orqali ariza yuboring.
Murojaat qilish
