#diqqat_tanlov “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi!
#diqqat_tanlov
“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi e’lon qilindi!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tijoratlashtirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Agar sizda atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga xizmat qiladigan tayyor innovatsion ishlanma yoki loyiha bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok eting!
📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar.
📌 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣-bosqich — loyihani axborot tizimi orqali taqdim etish; 2️⃣-bosqich — ariza mualliflarining taqdimoti.
⏰ Arizalar 2026-yil 15-oktabr soat 23:59 ga qadar innomarket.uz axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
❗️Muhim: ariza faqat taklif muallifining id.ilmiy.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tgan shaxsiy kabineti orqali topshirilishi lozim. Muallif bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi.
📞 Murojaat uchun: +998 71 203-32-23 (520).
🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Ishtirok etmoqchimisiz?
Shartlar bilan tanishing va «Murojaat qilish» tugmasi orqali ariza yuboring.
Murojaat qilish
